Huawei 1
Abxaziya vitse-prezidenti rahbarlik vazifasini bajara boshladi

Abxaziya vitse-prezidenti Badra Gunba rasman davlat rahbari vazifasini bajarishni boshladi.

Shu munosabat bilan uning kichik videomurojaati e’lon qilindi.

"Men barcha rahbarlar va hukumat organlariga Abxaziya Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlatni saqlab qolish va uning faoliyatini ta’minlash bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatma berdim", — dedi Gunba.

Shuningdek, u barcha rahbar va davlat organlariga o‘z vazifalarini respublika qonunchiligida belgilangan tartibda bajarish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Ma’lumot uchun, Abxaziyada norozilik namoyishlari bir hafta oldin Rossiya bilan tuzilgan investitsiya bitimidan norozilik tufayli boshlangan. Namoyishchilarga ko‘ra, ular Rossiya bilan munosabatlarga qarshi emas, ammo rossiyalik oligarxlarning harakatlaridan va Bjaniyaning kelishuvni “o‘z manfaati yo‘lida ishlatishidan” xavotirda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112016 | Инструменты