Huawei 2
JSST: Virus bilan kelishib yashashni o’rganishimiz kerak!

JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus vaksinalarning yaratilishi bo'yicha ishlar rekord darajada tezlashayotgan bo'lsada, odamlar yangi virus bilan yashashni o'rganishi va mavjud vositalar bilan kurashishi kerakliigini so’nggi kunlarda bot-bot takrorlamoqda.

Tedros Gebreyesus ahvol kun sayin jiddiylashayotganini aytib, 100 yilda bir bo’ladigan epidemiyalarning zarari kamida 10 yilgacha sezilishini aytdi.

Shuningdek tashkilot rahbari, kasallikning birinchi to’lqinidan keyin karantin choralarini yumshatgan mamlakatlar hozirda epidemiyaning ikkinchi to’lqini bilan kurashishga majbur bo’layotganlarini afsus bilan tilga oldi.

Ularning ba'zilarida birinchi haftalarda infeksiya kamroq ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, hozirgi kunda kasallik va o'lim holatlari ko'paymoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga