Huawei 1
Kambodjada kalamush minalarni topish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Kambodjada xizmat qilayotgan besh yoshli afrikalik kalamush Ronin portlovchi moddalarni aniqlashda tarixiy muvaffaqiyatga erishdi. 

U 2021-yil avgustidan buyon 109 ta mina va 15 ta boshqa turdagi portlovchi qurilmalarni topib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Ronin – Belgiyaning Apopo nomli nodavlat tashkilotida tayyorlangan qidiruv kalamushlaridan biri. Bu kalamushlar maxsus trening orqali portlovchi moddalarni hid orqali aniqlashga o‘rgatiladi. Topilgan joyni kemiruvchi tirnash orqali belgilaydi. Ular juda yengil bo‘lgani sababli, hatto faol mina ustiga chiqqanda ham portlamaydi — bu ularni qidiruv itlariga nisbatan xavfsizroq qiladi.

Ronin kuniga atigi yarim soat ishlaydi. Tashkilot vakillari uning g‘ayratli mehnati va e’tibor qobiliyatini yuqori baholamoqda. Apopo'ning bildirishicha, hozirda dunyo bo‘ylab 300 ga yaqin shunday kalamush faoliyat yuritmoqda.

Kambodja hali-hanuz millionlab yer osti minalari saqlanayotgan eng xavfli hududlardan biri bo‘lib qolmoqda. Aksariyat portlovchi vositalar “Qizil Kxmerlar” hukmronligi davrida, 1970-yillar oxiri va 1980-yillarda yer ostiga joylashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40906 | Инструменты