Huawei 1
Kianu Rivz Jon Uik 4 filmidagi har bir so‘zi uchun 39 ming dollar olgan

Iloji boricha ko'proq muloqot va ekran vaqtini xohlaydigan ko'plab yulduzlardan farqli o'laroq, Kianu Rivz franchayzaning so'nggi to'rtinchi qismida o'z personaji Jon Uikni kamroq gapirishini ta'kidladi.

2 soatu 49 daqiqa davom etadigan butun film uchun aktyor atigi 380 so‘z gapirgan. Shu bilan birga, uning gonorarsi 15 million dollarni, yaʼni har bir soʻz uchun taxminan 39 ming dollarni tashkil qilgan.

Kinorejissyor Vik Chad Staxelski intervyusida Kianu Rivz bilan to‘rtinchi film ssenariysidan bosh qahramon dialogining yarmidan ko‘pini qisqartirib yuborganini aytdi.

The Wall Street Journal ma'lumotlariga ko'ra, Jon Uikning satrlarining 16% dan ozrog'i umuman bitta so'zdan iborat. 

"U bilan ishlaganingizda, u jim bo'lishga qanchalik sadoqatli ekanligidan hayratda qolasiz", dedi "Jon Uik 4" filmining ssenariy muallifi Maykl Finch nashrga.

Qiziqarli jihati shundaki, franshizaning davomiyligi 101 daqiqaga teng keluvchi birinchi qismida Kianu Rivz 484 ta so‘zdan iborat senariy yodlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32008 | Инструменты