Ko‘pik bilan o‘ynayotgan bolalar, Xitoyda bahor festivali oldidan mashg‘ulot o‘tkazayotgan styuardessalar, plyajda marosim o‘tkazayotgan aborigenlar. Hafta suratlari
Surat — lahzalar, hissiyotlarni ajoyib tarzda ko‘rsatib beruvchi vosita. Agar u goh kutilgan, goh kutilmagan, goh qiziqarli lahzalarda olinsa yana yaxshi. Butun dunyo bo‘ylab har kuni ana shunday suratlar olinadi va ommaviy tarmoqlarga joylanadi.

UzReport tahririyati dunyo bo‘ylab e’tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to‘plab boradi. Bugun ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.
Vladivostokda oq dumli burgutga tumshug‘ini cho‘zayotgan qora qarg‘a.
Foto: Reuters
Indoneziyaning Bandung shahrida noyob gigant o‘simlik — amorphophallus titanica gulladi.
Foto: Reuters
Rafahga ko‘chirilgan falastinliklarga lagerda oziq-ovqat tarqatish jarayoni.
Foto: Reuters
Shiddatli yomg‘ir kichik daryoning Kaliforniya shtatining San-Diego shahridagi hududga toshib ketishiga sabab bo‘ldi.
Foto: Reuters
Asunson shahridagi kasalxonada chivindan yuqadigan denge kasalligidan davolanayotgan bemor, Paragvay.
Foto: Reuters
Ko‘pik bilan o‘ynayotgan bolalar, Chili.
Foto: Reuters
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi chodirlar shaharchasida Hanuman kabi kiyingan erkak raqs tushmoqda.
Foto: Reuters
Xitoyning Chuntsin shahrida bahor festivali oldidan mashg‘ulot o‘tkazayotgan styuardessalar.
Foto: Reuters
AQSH va Meksika chegarasidagi simto‘siqqa ilinib qolgan bolalar poyabzali.
Foto: Reuters
Fransuz fermerlari narxlar va soliqlar oshirilishiga qarshi norozilik bildirish uchun supermarketga loy sepishdi.
Foto: Reuters
Avstraliya kunida plyajda marosim o‘tkazayotgan aborigenlar. 
Foto: Reuters
Siandao ko‘li yoki Minglab orollar ko‘li qordan keyin, Xitoy.
Foto: Reuters
Ispaniya shimolidagi San-Sebastyan shahrida nishonlangan San-Sebastyan bayrami.
Foto: Reuters
Isroil bosqinida halok bo‘lgan falastinlik Vissam Xashanning singlisi — Masa Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohildagi uyida o‘tiribdi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52921 | Инструменты