KXDR Janubiy Koreya bilan barcha aloqalarni uzdi

KXDR Janubiy Koreya hukumati va xarbiylari bilan barcha aloqalarni uzdi. Bu haqida KXDR davlat televideniyesi xabar qilidi.

9 iyun 12:00 dan boshlab KXDR ishchi partiyasi va Janubiy Koreya Prezidentining maxkamasi o'rtasidagi aloqa liniyasi faoliyatini to’xtatadi. Ikki mamlakat harbiylari o'rtasidagi munosabatlar ham buziladi.

Bunday qarorga Janubiy Koreya faollari tomonidan KXDRga yuborilgan xaqoratli so’zlar yozilgan jo’natmalar sabab bo’lgan. 

“Janubiy Koreya hukumati bilan yuzma-yuz o'tirishga hojat yo'q degan xulosaga kelindi, chunki ularning qo’lidan faqatgina xaqorat qilish keldi xolos ", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Janubiy Koreya bilan munosabatlar endilikda "dushmanlik kayfiyatida" olib borilishi ta’kidlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82123 | Инструменты