Londonda Turkiya elchixonasi yaqinida noma’lum shaxs Qur’on yoqish aksiyasini uyushtirdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Uni to‘xtatish uchun yana bir erkak namoyishchiga pichoq bilan hujum qilib, kaltaklagan.
Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, voqea 13-fevral kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Tarqalgan videolarda namoyishchi erkak yonib turgan kitobni ushlab turganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng katta yoshli erkak uni tepib, yerga yiqitgach yonayotgan kitobni tortib olgan.
Ma’lum qilinishicha, hujum qilgan shaxs yonida pichoq olib yurgan va u bilan Qur’on yoquvchiga zarba bermoqchi bo‘lgan.
Qur’onni yoqqan shaxs jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Uning faqat barmoqlari lat yegani aniqlangan, hech qanday pichoq jarohati olmagan. Hujum qilgan erkak sovuq qurol saqlash va og‘ir tan jarohati yetkazishda gumonlanib, hibsga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21512 | Инструменты