Huawei 1
Lotin Amerikasidagi eng yirik aviakompaniya bankrotlik uchun ariza berdi

'LATAM Airlines Group" SA seshanba kuni AQShda bankrotlik uchun ariza berib, koronavirus inqirozi sharoitida favqulodda qayta tashkil etishga intilayotgan eng yirik aviakompaniya bo'ldi.

Aviakompaniya  40 ming nafar ishchilardan 1.800 nafarini ishdan bo’shatgan.

"Biz bu misli ko'rilmagan sanoat muvaffaqiyatsizligining oqibatlarini yumshatish uchun bir qator murakkab choralar ko'rdik, ammo oxir - oqibat shunday qarorga keldik", - dedi kompaniya Bosh direktori Roberto Alvo.

Braziliyada LATAM $367,45 million dollarga teng bo'lgan yordam pullarini olishga intilmoqda, ammo aniq natijaga kompaniya erisha olmadi.

Chili hukumati esa xozircha kompaniyaga yordam berishdan bosh tortmoqda.

Kompnaiya bergan so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, seshanba kuni uning qarzi $7,6 milliard dollarga yetgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga