Lukashenkoning saylovlardagi asosiy raqibi hibsga olindi
Belarus respublikasining moliyaviy tergov bo'limi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi sanalmish, Gazprombank sho’ba korxonasining sobiq raxbari Viktor Babarikoni so’roq qilish uchun hibsga oldi. Bu haqida uning advokatlari ma’lum qildilar.
"Bilishimizcha, Babarikoning mashinasi to'xtatilgan va ularning tilida aytganda “suxbat uchun” olib ketilgan", dedi advokat Aleksandr Pilnchenko jurnalistlarga.
“Bu konstitutsiyaviy huquq buzilishining qo’pol ko’rinishidir” qo’shimcha qildi advokat.
Nomzod tarafdorlarining aytishicha, hozirda Babarikoning uyida tintuv ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy siyosatchilar Babarikoni 26 yil davomida mamlakatda hukmronlik qilgan Aleksandr Lukashenkoga jiddiy raqib deb hisoblashmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51010 | Инструменты