Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) inspektorlari Liviyadagi poligonda taxminan 2,5 tonna uran rudasi konsentrati bo’lgan o'nlab bochkalar yo’qolganini aniqladi. Bu haqda agentlik bosh direktori Rafael Grossi tashkilotga a’zo davlatlarga ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, inspektorlar tekshiruv paytida bochkalarni bo’lishi kerak bo’lgan joydan topa olmagan.
MAGATE uranning olib chiqilishi va joylashuvi holatlarini aniqlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko’radi, deydi Rafael Grossi.
Ma’lumot o’rnida, Liviya 2003-yilda yadroviy qurol dasturidan voz kechgan. Liviya rahbari Muammar Qaddofiy vafotidan keyin mamlakatda haligacha siyosiy inqiroz davom etmoqda.
Avvalroq MAGATE Eron boyitilgan uran bo'yicha limitdan 18 marta oshib ketganini ma'lum qilgan edi. Mamalakatda deyarli yadroviy bomba ishlab chiqarish uchun yetarli bo'lgan uran zarralari topilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72607 | Инструменты