Huawei 1
Mask yana AQSHda yangi partiya tuzish masalasini ko‘tardi

Milliarder X ijtimoiy tarmog‘ida AQSH Mustaqillik kuni munosabati bilan Amerika partiyasini tuzish zarurati haqida so‘rovnoma o‘tkazdi.

"Ikki partiyali (ba’zilar buni bir partiyali tizim deb ataydi) tizimdan mustaqil bo‘lishni xohlaysizmi?", — deb yozdi Mask.

Hozircha so‘rovnomada qatnashganlarning 60 foizdan ortig‘i "ha" deb ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask o‘z partiyasini tuzish niyatini bildirganida, Tramp uni keskin tanqid qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70513 | Инструменты