Lionsgate kinostudiyasi estrada qiroli Maykl Jeksonga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmining ekranga chiqish sanasini e’lon qildi. Antuan Fukua rejissyorligidagi loyiha 2025-yil 18-aprelda tomoshabinlarga taqdim etiladi.
Filmni suratga olish ishlari 22-yanvar kuni boshlanadi. Xonanda rolini uning jiyani Jafar Jekson ijro etadi.
Lionsgatening so‘zlariga ko‘ra, “Maykl” filmi Maykl Jekson hayotining barcha qirralarini aks ettiradi, biroq u yulduz bilan bog‘liq ko‘plab janjallarni qamrab oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Film rejissyori Antuan Fuku. U Qirol Artur (King Arthur, 2004), "Trenirovka kuni" (Training Day, 2001), “Mergan” (Shooter, 2007) kabi filmlarni suratga olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10222 | Инструменты