Huawei 1
Milan aeroportiga sobiq davlat arbobi Silvio Berluskoni nomi beriladi

Milan (Italiya) bosh aeroporti — Milan-Malpensaga sobiq davlat arbobi Silvio Berluskoni nomi beriladi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Matteo Salvini bayonot berdi.

Silvio Berluskoni 1994-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan davrda uch marta Italiya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yil iyunida 86 yoshida vafot etgan.

Sobiq bosh vazir va mediamagnat Berluskoni Forza Italia partiyasi asoschisidir, hozirgi bosh vazir Jorja Meloni boshchiligidagi hukumat uni Italiya tarixida o‘chmas iz qoldirgan deb hisoblab, nomini abadiylashtirishga qaror qildi.

Biroq hukumatning qarori Milan shahrining meri, so‘lmarkazchilar siyosiy oqimi vakili Juzeppe Salaga yoqmadi. U dalillagan hujjatga ko‘ra, jamoat binolari va maydonlariga shaxslarning nomlari ularning vafotidan 10 yil o‘tib qo‘yilishi mumkin.

O‘tgan iyun oyida Milan shahar kengashi maydonga Berluskoni nomini berish rejasini rad etgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100611 | Инструменты