Huawei 1
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi uchinchi muddatga qayta saylandi

Misr milliy saylov komissiyasi ketma-ket uch kun (10–12-dekabr) davomida o‘tkazilgan 2024-yilgi prezidentlik saylovlari natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Milliy saylov komissiyasi rahbari Hazem Badaviy matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi Misrning “Al-Masry Al-Youm” gazetasi. 

Qayd etilishicha, amaldagi prezident Abdulfattoh as-Sisi jami 39 million 702 ming 451 ovoz to‘plab, saylovda ovozlarning 89,6 foizini olgan holda g‘alaba qozondi.

Saylovda amaldagi prezidentdan tashqari uchta partiyadan nomzod ishtirok etdi, ular to‘plagan ovozlar quyidagicha:

  • “Respublika xalq partiyasi” yetakchisi Hazim Umar 1,9 million ovoz (4,5 foiz);
  • “Vafl” liberal partiyasi yetakchisi Abdulsanad Yamama 822,6 ming ovoz (1,9 foiz);
  • “Misr sotsial-demokratik partiyasi” raisi Farid Zahron 1,7 million ovoz (4 foiz).

Hukumat xabariga ko'ra, 489,3 ming ovoz yaroqsiz deb topilgan, bu umumiy ovozlarning 1,1 foizini tashkil qiladi.

As-Sisining birinchi muddati 2014-yilda Muhammad Mursiy va “Musulmon birodarlar” islomiy tashkiloti hokimiyatdan chetlatilganidan keyin boshlangan.

2018-yilda as-Sisi ikkinchi muddatga qayta saylangan. 2019-yil aprel oyida referendum bo‘lib o‘tdi, unda Misr prezidentiga yangi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish va vakolat muddatini to‘rt yildan olti yilgacha oshirish imkoniyatini beruvchi tuzatishlar qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122316 | Инструменты