Fuqarolik havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Rossiya poytaxti Moskva shahrining Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Jukovskiy va Kaluga aeroportlarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Rosaviatsiya vakili Artyom Korenyako ma’lum qildi.
“Yengil aviatsiya va havo kemalari hozirda aeroportlarda parvoz qilish va qo‘nishni amalga oshirmaydi. Havo kemalari ekipajlari, aviatsiya nazoratchilari va aeroport xizmati barcha zarur xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda – bu asosiy ustuvorlik”, deydi u.
RBK nashrining yozishicha, bu “Kover” rejim doirasida amalga oshirilmoqda. Rejim noqonuniy chegarani kesib o‘tish yoki havodagi noma’lum ob’ektlar sababli joriy etiladi. Sheremetevo aeroporti matbuot xizmati nashrga bergan izohida ushbu rejimning aeroport hududida joriy qilinganini tasdiqlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122710 | Инструменты