Huawei 1
“Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi

“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi (Qo'mita) raisi va uning o'rinbosarlari zimmasiga 2025 yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:

- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bog'lari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta ko'rib chiqish;

- sanoat xavfsizligini ta'minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;

- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmog'ida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qo'mitaga o'tkaziladi.

Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.

Qo'mita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:

- Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Temir yo'l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.

2025-yil yakunigacha “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo'llash tartibi joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122803 | Инструменты