Rossiya poytaxti Moskvada uch yoshli bola oltinchi qavatdan yiqilib, omon qoldi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, uning ota-onasi yonida bo‘lgan.
Hozirda tergovchilar voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Meksikada ham sakkiz yoshli bola vulqon krateriga tushib ketib, tirik qolgandi. Bola yurish paytida 50 metr balandlikdan qulab tushgandi.