Moskva sudi "Krokus" konsert zaliga hujum qilishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi Yoqubjon Yusufzodani hibsga oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Sud Tergov qo‘mitasining iltimosnomasini qanoatlantirib, Yusufzodaga nisbatan 22 mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi teraktdan bir necha kun oldin gumonlanuvchilarni turarjoy bilan ta’minlash uchun ularga bank kartasidan pul o‘tkazib bergan. Jinoyat sodir etilganidan keyin ham u mablag‘ning bir qismini "terrorchilarning hisob raqamiga yo‘naltirgan".
"Yusufzoda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (bir guruh shaxslar tomonidan inson o‘limiga olib keluvchi terrorchilik harakati sodir etish) 3-qismi "b" bandi bilan ayblanmoqda. Uni umrbod qamoq jazosi kutyapti", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91900 | Инструменты