Huawei 2
Mushuk vazir o’rinbosari etib tayinlandi

Shu xaftada Ulyanovsk viloyatida kutilmagan voqea sodir bo'ldi. Chiqindilarni yig'ish majmuasining ishchilaridan biri tirik mushkni qop ichidan topib oladi. Sal qolsa mushuk tirikligicha maydalagichdan chiqqan bo’lar edi.

Kuzatuv kamerasidan olingan videoyozuv tezda internetda tarqaldi, ko'plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hayvonni qopga solganlardan g’azablandilar.

Qutqarilgan jonvor veterinariya klinikasida tekshirildi. Shifokorning fikriga ko'ra, mushuk uyda boqilgan, u sog'lom edi. Ushbu uy hayvoni burgaga qarshi vosita bilan tozalandi va emlashlar uchun navbatga yozildi. Shundan so’ng mushukni Ulyanovsk viloyatining tabiyat vaziri Gulnar Rahmatulina o’z qaramog’iga oldi.

"Men mushukni vazirlikka olib ketaman, u biz bilan ishlaydi! Biz unga lavozim ajratdik - u hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo'yicha vazir o'rinbosari bo'ladi. Shubxasiz u shu yerda yashaydi ham va biz idora xodimlari uning uchun barcha ma’suliyatni zimmamizga olamiz”, dedi vazir.

Mushuk chiqindi yig'ish majmuasi xodimlari tomonidan qutqarilgan yagona jonzod emas. Ilgari ular afrika tipratikoni va ikkita qizil boshli toshbaqalarni topib olgan edilar.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga