Germaniy Qurolli kuchlarini (Bundesver) qayta qurollantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejani o‘nlab yillar davomida kechiktirish mumkin emas. Bu haqda Britaniya Qirollik Birlashgan Xizmatlar Instituti (RUSI) katta ilmiy xodimi Ed Arnold 20 aprel kuni chop etilgan Germaniyaning DPA axborot agentligiga bergan intervyusida shunday baho berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO davlatlari ikki yil ichida Rossiya bilan harbiy mojaroga kirishishi va bu, ehtimol, Suvalki koridorida sodir bo‘lishi mumkin.
“Biz 2027 yildayoq Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, degan u.
Shuning uchun, uning fikricha, Bundesver hozirda birinchi navbatda og‘ir harbiy texnika arsenallari – Leopard 2A8 tanklari, TAURUS uzoq masofali qanotli raketalari, Boxer zirhli transport vositalari, IRIS-T zenit raketalari va Gepard qurilmalarini ko‘paytirishi kerak.
“Germaniya Bundesver va Yevropadagi ittifoqchilarni ta’minlash uchun ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirishi mumkin”, degan Arnold.
Shu bilan birga, ekspert Berlinni Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlari va Patriot havo mudofaa tizimlarini sotib olish bo‘yicha qarorlarini AQSHdagi siyosiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Tahlilchining yozishicha, Ukrainadagi urush eng ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lish har doim ham muhim emasligini isbotladi.
“Ukrainadagi holat shuni ko‘rsatadiki, sen har doim ham eng zo‘ri bo‘lishing shart emas. Raqibdan biroz ustun bo‘lishing kerak”, deydi u.
U misol tariqasida dronlarni keltirdi.
“Urush uslubining o‘zgarishi dronlar eng quyi darajada qo‘llanayotganini anglatadi”, dedi ekspert.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42701 | Инструменты