Nepaldagi Dxaulagiri tog‘iga chiqish chog‘ida besh nafar rossiyalik alpinist halok bo‘ldi. Ularning jasadlari 7100 m balandlikdagi vertolyot parvozi vaqtida topildi, dedi qutqaruv operatsiyasi rahbari Mingma Sherpa The Himalayan Times nashriga.
Alpinistlar 7600 m balandlikdan qulagani taxmin qilinmoqda.
Halok bo‘lganlar orasida Aleksandr Dusheyko, Oleg Kruglov, Vladimir Chistikov, Mixail Nosenko va Dmitriy Shpilevoy bor. Ular 6-oktabr kuni lagerni tark etgan. Shundan so'ng alpinistlar bilan bog'lanib bo'lmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123022 | Инструменты