Netanyahu Isroil HAMAS tomonidan ozod qilinishi kerak bo‘lganlar ro‘yxatini olmaganini maʼlum qildi.
"Biz kelishilgan tarzda garovdan ozod qilinadiganlar ro‘yxatini olmagunimizcha, kelishuv bo‘yicha oldinga siljimaymiz. Isroil kelishuvning buzilishiga toqat qilmaydi. Buning uchun javobgarlik to‘lig‘icha HAMASning zimmasiga yuklatiladi", — deya taʼkidladi Isroil bosh vaziri.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, asirlar almashinuvidan 24 soat oldin HAMAS ozod qilinadigan odamlar ismlari ro‘yxatini taqdim etishi kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11916 | Инструменты