Huawei 1
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi

Rotterdamdagi Boymans van Beningen muzeyida yosh bola amerikalik taniqli rassom Mark Rotkoning «Grey, Orance on Maroon, No.8» nomli kartinasiga tasodifan shikast yetkazdi. Ko‘ngilsiz hodisa Depot zalida — muzeyning kolleksiyadan tanlangan asarlari namoyish etiladigan omborida yuz berdi, deb yozadi BBC.

Kartina qiymati 50 million yevroga yetishi mumkin. Muzey vakilining ma’lum qilishicha, hodisa polotnoni hech kim kuzatmayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Kartinaning lak bilan himoyalanmagan pastki qismida kichik tirnalishlar paydo bo‘lgan. 

Muzeydagilarga ko‘ra, zarar yuzaki hisoblanmoqda, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar mutaxassislari ayni paytda san’at asarini qanday qilib eng yaxshi tarzda tiklashni baholayapti. Restavratsiyadan keyin kartina yana namoyishga qo‘yilishi kutilmoqda.

Restavratsiya bo‘yicha mutaxassislarning tushuntirishicha, lak himoya qatlami bilan qoplanmagan zamonaviy asarlar, xususan, Rotkoning kartinalari, ayniqsa shikastlanishga moyil. Hatto eng kichik tirnalishlar ham asarning qabul qilinishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Asarlarni tiklash jarayoni esa rassom ishlatgan bo‘yoqlar va yelimlarning tarkibi tufayli yanada murakkablashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentabrda Van Gogning «Kungaboqarlar»iga sho‘rva sepgan faollar ozodlikdan mahrum etilgandi. Sudda o‘z manfaatlarini o‘zi himoya qilgan ayblanuvchilardan biri bu nafaqat faollarga, balki «demokratiya asoslariga» ham chiqarilgan ekanini ta’kidlagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43010 | Инструменты