Huawei 1
OAV: Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi

Oq uy yangi mudofaa vazirini qidirishni boshladi, bu haqda AQSh rasmiysiga tayanib NPR xabar berdi. Bu amaldagi mudofaa vaziri Pit Hegset bilan bog‘liq mojarolar fonida sodir bo‘ldi.

Avvalroq, Hegset shaxsiy telefonidagi Signal messenjeri chatida Yamanda bo‘lajak zarbalar tafsilotlarini rafiqasi va akasi bilan o‘rtoqlashgani ma’lum bo‘lgan edi. Qayd qilinishicha, Hegset bu ma’lumotlarni yuqori martabali harbiy amaldordan olgan va bir necha daqiqa o‘tgach, shaxsiy chatda oshkor qilgan.

Mart oyida Hegset Oq uyning yuqori martabali amaldorlari bilan Signal chatida Yamandagi husiylarga qarshi kampaniya tafsilotlarini baham ko‘rgani ma’lum bo‘ldi, ular orasida tasodifan The Atlantic jurnali bosh muharriri Jyeffri Goldberg ham bor edi. Uni chatga AQSh prezidentining milliy mudofaa bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts tasofidan qo‘shgan. Chatda Amerika rasmiylari Yaman husiylariga qarshi harbiy operatsiyani muvofiqlashtirgan.

Jurnalist bir necha kun davomida zarbalar tafsilotlari, jumladan, vaqt, nishonlar va ishlatilgan qurollar muhokamalarini kuzatdi. Ba’zi ma’lumotlar shu qadar nozik ediki, Goldberg uni oshkor qilishdan bosh tortdi. 31 kishi halok bo‘lgan va yuzdan ortiq jarohat olgan operatsiyadan so‘ng jurnalist guruhni tark etib, chat a’zolariga maktub yo‘llab, bunday suhbatning milliy xavfsizlikka ehtimoliy tahdidi haqida so‘ragan.

So‘nggi haftalarda Hegsetning to‘rt nafar katta maslahatchisi to‘satdan o‘z lavozimini tark etdi, ularning ba’zilari ma’lumotlarni ommaga sizdirib yuborishda ayblandi. Ularning barchasi Mudofaa vazirligidagi ichki ziddiyatlarga ishora qiluvchi ochiq bayonotlar bilan chiqdi.

AQSh armiyasining iste’fodagi zobiti Hegset mudofaa vaziri etib tayinlanishidan oldin, so‘nggi yillarda konservativ FOX News kanalida ertalabki shou boshlovchisi bo‘lgan. U bir necha bor spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishda ayblangan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Hegsetni almashtirishga urinishlar bo‘lmaganini inkor etib, Tvitter’da prezident Tramp uni «qattiq qo‘llab-quvvatlashini» yozdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42223 | Инструменты