Venera odatda jonsiz sayyora deb qabul qilinsa ham, olimlar u yerda hayot shakllari mavjud bo‘lishi mumkinligi haqida yangi ilmiy tenglama ishlab chiqishdi.
Ushbu tadqiqot 2025-yilgi Oy va sayyoralar ilmiy konferensiyasida (LPSC) taqdim etildi.
Tadqiqotchilar ishlab chiqqan "Veneradagi hayot tenglamasi" uch asosiy omilga asoslangan:
Venera keskin iqlim o‘zgarishlariga uchragan bo‘lsa ham, olimlar sayyorada ilgari okeanlar mavjud bo‘lgan va ibtidoiy hayot shakllari paydo bo‘lishi mumkinligi haqida taxmin qilishmoqda. Shuningdek, Venera atmosferasining yuqori qatlamlarida (50 km balandlikda) yashash uchun qulay sharoitlar saqlanib qolgan.
Bu yangi tenglama mashhur Drake tenglamasi kabi, hayot ehtimolini baholashga qaratilgan. Olimlar ushbu modeldan nafaqat Venerada, balki boshqa ekzosayyoralarda ham hayotni qidirishda foydalanmoqchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40205 | Инструменты