Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayeva bilan Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘ldi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayeva bilan Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘ldi. Bu haqda Prezident yordamchisi o'z rasmiy sahifasida yozdi.

"Qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmonimiz — muhtarama Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnunman.

Bugun biz birgalikda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdik.

Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo’shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman!", deya yozgan Saida Mirziyoyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42421 | Инструменты