Jahon bozorida bir unsiya oltin narxi 2140 dollargacha yetdi. Tahlilchilar agar inflyatsiya raqamlari barqaror bo‘lib tursa, oltin yuqori tendensiyada o‘sishda davom etishini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha O'zbekiston Markaziy banki ham oltin narxlari oshganini maʼlum qilgandi. Unga ko‘ra, qimmatbaho metallning bir grammi 856 700 so‘mni tashkil qilmoqda.
MBning fevral oyidagi oltin narxi bo‘yicha kutilmalarida ham dunyoda mavjud geosiyosiy vaziyat hamda regulyatorlardagi talab qimmatbaho metall narxi oshishiga sabab bo‘lishi taʼkidlangandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32117 | Инструменты