Ozarbayjon Madaniyat vazirligi Yekaterinburgda ozarbayjonliklarning ommaviy hibsga olinishi ortidan Rossiya tomonidan rejalashtirilayotgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilinganini ma’lum qildi.
Ozarbayjonda Rossiya davlat va xususiy muassasalari tomonidan rejalashtirilgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi, deb xabar qildi mamlakat Madaniyat vazirligi 29-iyun, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida. Bekor qilish konsertlar, festivallar, tomoshalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarga tegishli.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, bu qaror “Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan Yekaterinburgda ozarbayjonlarga nisbatan sodir etilgan namoyishkorona, maqsadli va sudsiz qotillik va zoʻravonlik harakatlari munosabati bilan” qabul qilingan. “Soʻnggi paytlarda bunday hodisalar tizimli tus oldi”, — deyiladi xabarda.
Keyinroq Ozarbayjon parlament delegatsiyasi ham xuddi shu sababga ko‘ra Rossiyaga tashrifini bekor qilgani ma’lum bo‘ldi.
“Milliy Majlis raisining birinchi oʻrinbosari Ali Ahmedov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining parlamentlararo hamkorlik boʻyicha komissiyasining Moskva shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan 23-yigʻilishida ishtirok etmaydi”, — deyiladi parlament saytida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72111 | Инструменты