3-noyabrdan boshlab Sankt-Peterburgda xorijiy fuqarolar "Самокат" va "Яндекс Еда" yetkazib berish xizmatlarida ishlay olmaydi.
"Аргументы и факты" nashrining ma’lum qilishicha, shaharda migrantlar uchun yetkazib berish ilovalariga kirish yopilgan. Endi patent asosida ishlayotgan Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova va Ukraina fuqarolari smenaga chiqolmaydi va buyurtma qabul qila olmaydi.
Bu qaror Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari — Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga taalluqli emas. Ular avvalgidek patentsiz ishlash huquqiga ega.
Shu tariqa, Sankt-Peterburg Rossiyada yetkazib berish sohasida faqat mahalliy va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolariga ishlashga ruxsat bergan ilk shaharlardan biriga aylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110618 | Инструменты