Huawei 1
Polshada 26 yil ichida rekord darajadagi inflatsiya qayd etildi

Polshada inflatsiyaning o’sishi davom etmoqda va fevral oyida chorak asrning eng yuqori ko’rsatkichi - 18,4%ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda mamlakat bosh statistika boshqarmasi.

“2023-yilning fevral oyida tovarlar va maishiy xizmatlar narxi 2022-yil fevraliga nisbatan 18,4%ga, 2023-yilning yanvariga nisbatan esa 1,2%ga oshdi”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Qayd etilishicha, mahsulotlar narxlari eng ko’p - 24%ga, elektro energiya - 22,7%ga va transport xizmatlari - 22%ga ko’tarilgan. Eng past inflatsiya darajasi sog’liqni saqlash sohasiga to’g’ri keladi - 10%.

Statistika boshqarmasi xabariga ko'ra, Polshada inflatsiya 26 yil ichida rekord darajaga yetdi. Oxirgi marta 1996-yil iyul oyida u 20,55% ni tashkil etgan.

Mamlakatda inflatsiya o’tgan yili keskin ko’tarila boshladi. May oyida yillik inflatsiya ko'rsatkichi 11,4%ni tashkil etgan edi.

Aytib o’tish lozimki, o’tgan yilning iyun oyida yevrohududda yillik inflatsiya may oyida 8,1%ga, iyun oyida esa 8,6%ga yetib, tarixdagi eng yuqori darajani qayd etgan. Davlatlar orasida eng yuqori inflatsiya Estoniya (22%), Litva (20,5%), Latviya (19%), Slovakiya (12,5%) va Gretsiyada (12%) kuzatilgan. Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti bo’lgan Germaniyada esa bu ko’rsatkich may oyida 8,7%, iyun oyida 8,2%ni tashkil qilgan.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi global inflatsiya joriy va kelasi yil sekinlashishini ma'lum qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51313 | Инструменты