Portugaliya muvaqqat hukumati noqonuniy ravishda yashab kelayotgan 18 mingga yaqin migrantni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Prezident huzuridagi vazir Antoniu Leytau Amaruning so‘zlariga ko‘ra, o‘ng markazchi hukumat 18 mingga yaqin migrantni mamlakatni tark etish talablari keltirilgan xabarnomalarni yuboradi.
Amaruning so‘zlariga ko‘ra, kelasi haftadanoq amaldorlar 4,5 ming migrantni 20 kun ichida o‘z xohishi bilan mamlakatni tark etishga chaqiradi.
Ushbu e’lon 18 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan navbatdan tashqari umumiy saylovlar arafasi yangramoqda.
O‘tgan hafta Amaru «Portugaliya o‘zining ishlamaydigan deportatsiya tizimini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini» ma’lum qilgandi.
«Shuni tushunish muhimki, Portugaliya — bu Yevropadagi qoidalarni, jumladan, xavfsizlik nuqtai nazaridan buzganlik uchun mamlakatni tark etishi buyurilgan shaxslarni deportatsiya qilish bo‘yicha eng kam amaliyot yuritadigan uch davlatdan biridir», — deydi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50513 | Инструменты