Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmatidan davlat chegarasi ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi. «Davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha jiddiy qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Potensial xavfli hududlarda chegara zichligini oshirishda davom etishimiz kerak», — dedi u 27 fevral, payshanba kuni FSB hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida. Unga ko‘ra, mamlakatning chegaradosh rayonlari aholisining xavfsizligi ham ta’minlanishi kerak.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kursk oblastida uchta qishloq egallanganini xabar qildi
Putinning Rossiya chegarasini mustahkamlash haqidagi so‘zlari Rossiya armiyasining Ukraina Qurolli kuchlarini Kursk oblastidan deyarli yetti oydan beri chiqarib yuborishga urinishlari fonida yangragan. U 2024 yil 6 avgustda Rossiya oblasti hududiga kirib kelgan va hozirgacha Sudja rayon markazi va uning atrofidagi hududlarni o‘z nazorati ostida ushlab turibdi.
Ayni paytda Rossiya Mudofaa vazirligi ketma-ket ikkinchi kun rossiyalik qo‘shinlar Kursk oblastidagi aholi punktlarini egallab olgani haqida xabar bermoqda. Payshanba kuni u Shimoliy harbiy guruh bo‘linmalari Nikolskiy qishlog‘ini nazoratga olganini ma’lum qildi. Bir kun avval Orlovka va Pogrebki qishloqlari egallangani xabar qilingan edi.
Pogrebkida rus qo‘shinlarining olg‘a siljishi Ukrainaning DeepState loyihasi tomonidan ham tan olingan. Qishloq uchun kurash bir necha oy davom etdi. E’lon qilingan videotasvirlardan ko‘rinib turibdiki, Rossiya harbiylari qishloqning kamida markaziy qismini nazorat qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22820 | Инструменты