Rossiya Prezidenti Vladimir Putin har yili keng qamrovli profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishini, xususan bu safar 2 kunlik shifokor ko‘rigidan o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda u “Rossiya 1” telekanali efirida so‘z ochdi.
12 iyun kuni Rossiya rahbari Kremlda Davlat mukofotlarini topshirdi va marosimdan so‘ng laureatlardan biri, oftalmolog-jarroh Georgiy Stolyarenko bilan suhbatlashdi. Prezident bilan suhbatda, uning sog‘lig‘ini muhokama qilar ekan, shifokor “hatto eng yaxshi mashina ham texnik ko‘rikdan o‘tishi kerakligini” ta’kidladi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ikki kun vaqt ajratadi.
“Biz muntazam ravishda texnik ko‘rikdan o‘tamiz. Har yili bizda tekshiruv o‘tkaziladi, men bunga ikki kun bag‘ishlayman”, dedi Putin shifokorning gaplariga javoban.
Davlat rahbarining javobi aks etgan kadrlarni “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubin e’lon qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61607 | Инструменты