2024-yilda dunyoda qaysi rangdagi avtomobillar eng ommalashgani ma’lum bo‘ldi. So‘nggi yillarda avtohavaskorlarning didi o‘zgarishni boshlab, xilma-xil, ayniqsa, yorqin ranglar urfga kirmoqda, deb yozdi Motor1 sayti.
Oq — hamon eng ommalashgan avtorang bo‘lib qolmoqda, jahonda bu tusdagi mashinalarning ulushi — 34 foiz. Qora rang — ikkinchi (22 foiz), kulrang — uchinchi o‘rinda (17 foiz). Shuning barobarida, yashil, sariq va binafsharang kabi yorqin ranglar urfga kirmoqda.
Ranglar mintaqalarga qarab farqlanadi. Yevropada qaymoqrang avtomobillar ommalashgan, AQShda — kulrang, Janubi-Sharqiy Osiyoda qora rangli mashinalar ko‘paymoqda.
2024-yilda jahonda eng ommalashgan avtomobil ranglari:
Alpha version: 0.9.1.19 build 21512 | Инструменты