Huawei 1
Qirg‘iziston "Korrupsiyaga qarshi xalq harakati" jamoat birlashmasi direktori pora olayotgan vaqtida ushlandi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Korrupsiyaga qarshi xalq harakati” jamoat birlashmasi direktorini pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushladi

Qayd etilishicha, “Korrupsiyaga qarshi xalq harakati” direktori Almazbek Kanquliyev Keminskiy tuman IIB tomonidan ko‘rib chiqilayotgan Kichi-Kemin qishloq okrugi rahbarining moliyaviy faoliyatini tekshirishni to‘xtatgani uchun undan pul undirgan.

Almazbek Kanquliyev jamoat birlashmasi maqomidan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi aloqalar niqobi ostida vaqti-vaqti bilan davlat muassasalari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga byudjet mablag‘larining sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda manfaatdor boshqa ma’lumotlarni so‘rab kelgan. U o‘z so‘rovlarini bajarishdan bosh tortgani uchun tekshirish o‘tkazish bilan qo‘rqitib, prokuratura va Hisob palatasiga arizalar kiritish orqali tizimli ravishda pul undirgan.

Bundan tashqari, Almazbek Kanquliyev pudratchilarga hamkorlikni taklif qilib, tenderlarda ijobiy qaror qabul qilishni va’da qilgan va buning uchun e’lon qilingan tender summasining 10 foizini talab qilgan. Rad etilgan taqdirda esa ularning tashkilotida audit o‘tkazishga harakat qilish bilan tahdid qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Almazbek Kanquliyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tezkor tergov harakatlari esa davom etmoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61106 | Инструменты