Qirg‘izistonda mijozlarga davlat tilida xizmat ko‘rsatmaydigan muassasalar javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Davlat tili bo‘yicha milliy komissiya rahbari Merlis Murtaliyev xabar berdi.
Komissiya Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Qirg‘iz tilida xizmat ko‘rsatishni rad etgan muassasalarni javobgarlikka tortish taklif etilmoqda. Bunga fuqarolardan kelib tushgan ko‘plab shikoyatlar sabab bo‘lgan. Shikoyatlarda kafe, restoran va boshqa muassasalarda xodimlar mijozlarga faqat rus tilida xizmat ko‘rsatayotgani ta’kidlangan.
Murataliyev har qanday qonunni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilganini aytdi. Biroq davlat tili to‘g‘risidagi qonunda u mavjud emas. Bunday norma hech qachon bo‘lmagan va hech kim javobgarlikka tortilmagan.
Joriy yilda biz Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga shunday normani kiritishni taklif qilmoqdamiz. Bir-ikki marta jazolanganidan so‘ng, odamlar o‘z xatti-harakatlarini tuzatishni boshlaydi, dedi u.
Murotaliyevning ta’kidlashicha, qonun loyihasi bo‘yicha davlat va xususiy tashkilotlar, xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты