Huawei 1
Qozog‘istonda qulagan samolyot so‘nggi bor oktyabrda ko‘rikdan o‘tkazilgani ma'lum qilindi

Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan Embraer 190 samolyotining so‘nggi to‘liq texnik ko‘rigi joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazilgan. Bu haqda “Azertac” xabar berdi.

Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 2013 yilda ishlab chiqarilgan 4-AZ65 ro‘yxat raqamiga ega samolyotning ishlab chiqaruvchi seriya raqami 19000630 bo‘lgan. Samolyot jami 9 949 marta qo‘ngan va umumiy uchish vaqti 15 257,22 soatni tashkil etadi. Oxirgi to‘liq texnik ko‘rik 2024 yil 18 oktyabrda o‘tkazilgan bo‘lib, undan beri samolyot 671 soat parvoz qilgan.

Samolyot kapitani Igor Kshnyakin katta tajribaga ega bo‘lib, umumiy hisobda 15 000 soatdan ortiq – shundan 11 200 soatni kapitan sifatida uchgan.

Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi voqea bo‘yicha tergov yakuniga qadar Baku-Grozniy-Baku va Baku-Maxachqala-Baku yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi. Boshqa yo‘nalishlardagi parvozlar belgilangan jadvalga muvofiq davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты