Huawei 1
Qozog‘istonda turmush qurishga majburlash jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat parlamentining deputati Murat Abenov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida Qozog‘istonda turmush qurishga majburlangan shaxslardan 214 ta murojaat tushgan. Ulardan faqat 10 nafari sudga yetib borgan. Yuzlab jinoiy ishlar shunchaki yopilib ketgan.

“Qiz o‘g‘irlab ketilganini, mashinadan sakrab tushganini, unga nisbatan kuch qo‘llanganini isbotlagan bo‘lsada, ular hech narsa qila olmadilar”, degan Abenov.

Parlament a’zolari tomonidan yaqin vaqt ichida Majlisda ko‘rib chiqiladigan tuzatishlar ishlab chiqildi. Ular Qozog‘istonda “qiz o‘g‘irlash” uchun jazo joriy etilishini taklif qilmoqda. Rasmiy ravishda u “majburiy nikoh” deb nomlanadi.

“Biz o‘zgartirishni to‘g‘ri nomladik va barcha ishlarni ko‘rib chiqyapmiz. Tafsilotlar aniqlanyapti, ammo jiddiy jarima bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik bor, og‘ir hollarda esa, qiz 18 yoshga to‘lmagani yoki kuch qo‘llangani yoki bir guruh shaxslar ishtirokida bo‘lsa, jinoiy javobgarlik yanada og‘irroq bo‘ladi – 5-7 yilgacha qamoq jazosi”, degan deputat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, norma joriy yilning oxirigacha kuchga kirishi mumkin.

2025 yilning fevral oyida Murat Abenov kelin o‘g‘irlash uchun jinoiy javobgarlik kiritish tashabbusi bilan chiqqanini aytgan edi. O‘shanda u 3-5 yillik qamoq haqida gapirgan edi.

2024 yilning fevral oyida Qozog‘istonning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Artur Lastayev Chimkentda shov-shuvli tarzda kelin o‘g‘irlab ketilgani haqida bayonot bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, majburan turmushga chiqqan qizlar ko‘pincha jinsiy, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qurboni bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60805 | Инструменты