Huawei 1
Zelenskiy Klingbeyl bilan uchrashuvi haqida: Biz havo mudofaasini kuchaytirishda davom etamiz

Kiyevga tashrifi chog‘ida Germaniya vitse-kansleri va moliya vaziri Lars Klingbayl Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan himoyalanayotgan mamlakatni Germaniya qo‘llab-quvvatlashini muhokama qildi. Bu haqda Ukraina rahbari 25-avgust, dushanba kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Klingbeyl bilan uchrashuvda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish, mamlakatda PUA ishlab chiqarishni moliyalashtirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa tashabbuslar muhokama qilingan. Ular orasida Amerika qurollarini sotib olish uchun PURL dasturi, ikkita Patriot tizimini sotib olish va Germaniyaning IRIS-T havo mudofaa tizimlarini Kiyevga yetkazib berish bor, dedi Ukraina prezidenti.

Bundan tashqari, Germaniya vitse-kansleri Zelenskiy bilan Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qildi. "Tegishli diplomatik ishlar, jumladan, milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchilar darajasida ham olib borilmoqda. Biz Germaniya xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha yetakchilar qatorida boʻlishini kutamiz", deb yozgan Vladimir Zelenskiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82612 | Инструменты