Huawei 1
Rossiya KXDR qo‘shinlarini Qrimga joylashtirishi mumkin

Rossiya Qrimga Shimoliy Koreyaning «Koksan» og‘ir artilleriya qurilmalarini joylashtirishni boshladi, bu yarimorolga KXDR qo‘shinlari yuborilishidan darak bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda ZDF.

Nashr 26 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoga e’tibor qaratgan — unda artilleriya uskunalari temiryo‘l orqali Qrimning shimoliy qismiga tashilayotgani tasvirlangan. Hozirga qadar Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiya tomonida turib faqat Kursk oblastidagi janglarda qatnashib kelayotgan edi. ZDF’ning qayd etishicha, Ukrainaga qarashli harbiy kuchlarning Rossiya hududidagi platsdarmi yo‘q qilingandan so‘ng Moskva tez orada KXDR harbiy kontingentini Qrimga joylashtirishi mumkin.

Shu bilan birga, «Koksan» artilleriya qurilmalari ham tahdid solishi mumkin — 170 millimetr kalibrga ega bu to‘plarning zarba radiusi 40 kilometr bo‘lib, raketa snaryadlaridan foydalanganda 60 kilometr masofagacha o‘q uza oladi. Ular Rossiyaning Kursk oblastidagi qarshi hujumida muhim rol o‘ynagan. Ukraina Qurolli kuchlari dronlar yordamida beshta «Koksan» qurilmasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq Pxenyan Moskvaga 200 ga yaqin shunday artilleriya tizimini yetkazib bergan bo‘lishi mumkin. Agar Rossiya armiyasi bu qurollarni Ukrainaning janubida joylashtirsa, ulardan Xerson va Zaporijjya shaharlariga hujum qilishda foydalanishi mumkin.

2024 yil oktyabr oyidan buyon KXDR, Janubiy Koreya, Ukraina va AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk oblastiga 10 mingga yaqin harbiy xizmatchini joylashtirgan. Yanvar oyi oxirida Amerikaning The New York Times gazetasi va Britaniyaning Sky News telekanali Shimoliy Koreya qo‘shinlari yirik yo‘qotishlar tufayli front chizig‘idan olib chiqilgani haqida xabar bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41213 | Инструменты