Huawei 1
Tramp Rossiyani tinchlik muzokaralarini boshlab, “harakatga o‘tishga” chaqirdi

Donald Tramp Rossiyadan urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralarni tezroq boshlashni talab qildi. AQSH prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi. Bayonotda aytilishicha, mojaroning haftalik qurbonlari mingdan oshadi.

“Rossiya harakatga o‘tishi kerak. Juda ko‘p odam o‘lyapti — har haftada minglab qurbonlar”, deb yozdi Tramp.

Ushbu bayonot Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga kelib, Vladimir Putin bilan uchrashuvni boshlashidan biroz oldin e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiya rahbari bilan sulh shartlarini muhokama qiladi.

Qayd etilishicha, Tramp vakili mazkur uchrashuvdan oldin Rossiyaning xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha vakili, shuningdek, Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev bilan muloqot qilgan.

Axios nashriga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Rossiyani ogohlantirib, Kreml sulhga rozi bo‘lmagan taqdirda aprel oyi oxiriga qadar yangi sanksiyalar joriy qilinishi mumkinligini bildirgan. Tramp esa, o‘z navbatida, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini “bema’ni va dahshatli urush” deb atagan.

AQSH va Rossiya o‘rtasida mahbuslar almashinuvi

Bugun, mahbuslar almashinuvini o‘tkazdi. RF AQSH–Rossiya fuqarosi Kseniya Karelinani ozod qilgan. AQSH esa 2023-yili Kiprda hibsga olingan hamda Germaniya va Rossiya pasportlariga ega Artur Petrovni ruslarga topshirdi. Petrov Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan mikroelektronika vositalarini noqonuniy eksport qilishda gumonlanayotgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41902 | Инструменты