Salvadorda o'tkazilgan “Dunyo go‘zali” tanlovi g'olibi ma'lum bo'ldi

Salvadorda navbatdagi “Dunyo go‘zali” go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblikni nikaragualik 23 yoshli Sheinise Alondra Palasios Kornexo qo‘lga kiritdi.

U 2000 yil 30 mayda Managuada tug‘ilgan. Sheinise Markaziy Amerika universitetida tahsil olgan va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Hozirda u rassom, brend elchisi va Nikaragua go‘zallik malikasidir.

Tanlovda 80 dan ortiq davlatdan qizlar ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты