Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz ibn Salmon Al Saud mamlakat neftiga cheklov narxini belgilashga qaror qilgan davlatlarga neft sotilmasligini ma’lum qildi.
“Agar Saudiya Arabistonining neft eksporti cheklovlarga duchor bo’lsa, biz yetkazib berish bo’yicha narx chegarasini o’rnatgan hech qaysi davlatga neft sotmaymiz. Shu bilan birga, neft qazib olishni kamaytiramiz. Boshqa davlatlar ham shunday qilsa, hayron bo’lmayman”, - dedi Abdulaziz ibn Salmon Al Saud.
Bu bilan u AQSh hukumatining kartellarga qarshi tayyorlanayotgan NOPEC qonun loyihasi haqida gapirdi. Loyihaga ko'ra, AQSh OPEK a'zolariga, shuningdek, ularning sheriklariga qarshi antimonopol da'volar berish huquqiga ega bo'lmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni 2022-yilda neft eksportidan rekord darajadagi 326 mlrd dollar daromad olgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72804 | Инструменты