Huawei 1
Saudiya Arabistonida toshbaqa shaklidagi dunyodagi eng katta suzuvchi shahar quriladi (video)

Saudiya Arabistoni yaqin orada Pangeos nomli 5 milliard dollarlik ulkan yaxtaga ega bo‘lishi mumkin. Yangi loyiha toshbaqa shaklida bo‘lib, 60 ming kishini sig‘dira oladi. Tugallangach, Pangeos hozirgacha qurilgan eng katta suzuvchi inshootga aylanadi.

Pangeos — Italiyaning Lazzarini dizayn studiyasi tomonidan taklif etilgan bo'lib, paleozoyning oxiri va mezozoy erasining boshlarida mavjud bo'lgan Pangea superkontinenti nomidan olingan. Dizaynerlar taʼkidlashicha, “toshbaqa koʻrinishidagi futuristik suzuvchi shaharning uzunligi 550 metr va eni, toshbaqa “suzgichlari”ni hisobga olganda, 610 metrni tashkil qiladi. Ma'lum qilinishicha, loyiha 8 yilda amalga oshiriladi.

Pangeos, 16800 ot kuchiga ega 9 ta HTS dvigateli bilan jihozlangan. Ularning har biri soatiga 9,2 kilometr maksimal tezlikka erishib, okean to‘lqinlari va quyosh panellari bilan qoplangan tomdan energiya oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11713 | Инструменты