Saudiyalik mashxur va marxum jurnalist Jamol Qoshiqchining yaqinlari qarindoshlarining o’limiga sabab bo’lgan qotillarni kechirganliklarini ma’lum qildilar.
Saudiyalik mashxur va marxum jurnalist Jamol Qoshiqchining yaqinlari qarindoshlarining o’limiga sabab bo’lgan qotillarni kechirganliklarini ma’lum qildilar.
“Biz, shahid Jamol Qoshiqchining o'g'illari otamizni o'ldirganlarni kechirganimizni e'lon qilamiz", deya izoh qoldirdi marxumning o'g'li Saloh o’z tvitterida.
Qoshiqchini ohirgi marta Istanbuldagi Saudiya konsulligida 2018 yil 2 oktyabrda ko’rishgan.
Keyinchalik tergov natijalariga ko'ra, uning jasadi parchalanib, binodan tashqariga olib chiqib tashlangani ma’lum bo’lgan.
Qotillik, Saudiya Arabistoni shaxzodasi Muhammad bin Salmonning obro'siga soya solgan va jahon noroziligiga sabab bo'lgan edi. Ba’zilar aynan shaxzoda jurnalistni o’ldirish uchun maxsus topshiriq bergan bo’lishi mumkin deb hisoblagan.
O'tgan yilning dekabr oyida Qirollik sudi besh kishini o’lim jazosiga va uch kishini uzoq muddatli qamoq jazosiga maxkum qilgan edi.
Hukm Birlashgan Millatlar Tashkiloti va inson huquqlari guruhlari tomonidan tanqidlarga sabab bo'lgan maxfiy ish jarayonida e’lon qilindi. Shunga qaramay, Qoshiqchining qarindoshlari hukmni adolatli deb hisoblashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11421 | Инструменты