Shimoliy Koreya mamlakat tarixidagi eng ko’p yadroviy raketalarni namoyish etdi. 8-fevral kuni Shimoliy Koreyaning Pxenyan shahrida Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 75 yilligi sharafiga qit’alararo ballistik raketalar (ICBM) namoyish etilgan parad bo’lib o’tgan.
Unda e’lon qilingan suratlarda 11 ta “Xvason-17” ICBM ko’rsatilgan. Bundan tashqari, ekspertlar paradda qattiq yoqilg’i dvigateliga ega yangi qit’alararo ballistik raketaning prototipi taqdim etilganini ma’lum qilishdi.
Karnegi jamg’armasining katta ilmiy xodimi hamda “Kim Chen In va bomba” kitobi muallifi Ankit Pandaning fikricha, bu AQShning hozirgi raketaga qarshi mudofaa tizimini yengish uchun yetarli bo’lishi mumkin.
“Bu Shimoliy Koreya paradida ko’rganimizdan ko’ra ko’proq ICBM uchiruvchisi edi”, deydi u.
Seuldagi Evha universiteti professori Leif-Erik Islining so’zlariga ko’ra, Pxenyan shu yo’l bilan dunyo hamjamiyatiga xabar yuborishga qaror qilgan.
“Bu safar Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In taktik va raketa kuchlariga o’zlari uchun gapirishga ruxsat berdi”, dedi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121820 | Инструменты