Huawei 1
Shimoliy Koreyaning qit'alararo ballistik raketasi rekord balandlikka ko'tarildi

Shimoliy Koreya sharqiy suvlari tomon uzoq masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda 31-oktabr, payshanba kuni Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qildi. Harbiy bayonotda raketa Shimoliy Koreyadan “yuqori burchak ostida” uchirilgani taxmin qilingan.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati raketa Shimoliy Koreyadan uchirilganini tasdiqladi va u ballistik bo‘lishi mumkinligini ham aytdi. Mamlakat mudofaa vaziri Geng Nakatani jurnalistlar bilan suhbatda raketa KXDR tarixidagi “eng uzoq parvoz vaqti”ga ega ekanligini aytdi va “u oddiy raketalardan farq qilishi mumkin”, deb taxmin qildi.

Shimoliy Koreyaning raketa uchirilishi Oq uy tomonidan qoralandi

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Shon Savettning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyaning “qit’alararo ballistik raketa sinovini” “qat‘iy qoralaydi”. Uning ta'kidlashicha, ushbu uchirish "BMT Xavfsizlik Kengashining ko'plab rezolyutsiyalarini ochiqdan-ochiq buzishdir".

“Biz barcha mamlakatlarni ushbu qonunbuzarliklarni qoralashga va KXDRni beqarorlashtiruvchi harakatlarini to‘xtatib, jiddiy muloqotga kirishishga chaqiramiz”, — deyiladi Oq uy saytida.

Raketa uchirilishi askarlar Shimoliy Koreyadan Rossiyaga jo‘natilayotgan paytda amalga oshirilmoqda

29-oktabr, seshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder bir necha ming shimoliy koreyalik askarlar Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatiga qarab harakatlangani va ularning oz qismi allaqachon u yerda bo‘lganini aytdi. Pentagon maʼlumotlariga koʻra, Rossiya ulardan Ukraina harbiy Qurolli kuchlariga qarshi quruqlikdagi qoʻshinlar tarkibida foydalanishi mumkin.

Bungacha Pentagon joylashtirilgan kuchlar sonini 10 ming kishi deb hisoblagan edi. 

"Biz Shimoliy Koreya 10 000 ga yaqin askarini Rossiya sharqida mashq qilish uchun yuborganiga ishonamiz", dedi AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Sabrina Singx Vashingtonda.

Ular “yaqin haftalarda Ukraina yaqinida rus qo‘shinlarini kuchaytirishi mumkin”, deyilgan AFP xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110607 | Инструменты