Xitoy KXDR bilan strategik hamkorlik va tadbirkorlik aloqalarini mustahkamlashga tayyor, dedi XXR raisi Si Szinpin Shimoliy Koreya tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga yo’llagan tabrik telegrammasida.
Ma’lumot o’rnida, KXDRning tashkil topishi 1948-yil 9-sentyabrda e’lon qilingan, bu sana har yili Koreya yarim orolining shimolida davlat bayrami sifatida nishonlanadi.
XXR rahbari mamlakat markaziy televideniyesi tomonidan tarqatilgan tabrik telegrammasida xalqaro va mintaqaviy vaziyat qanday o’zgarmasin, Xitoy va KXDR o’rtasidagi an’anaviy do’stlik va hamkorlik munosabatlarini qo’llab-quvvatlash, mustahkamlash va rivojlantirish “doimo Xitoy partiyasi va hukumatining buzilmas pozitsiyasi” bo’lib kelganini ta’kidladi.
“Yangi vaziyatda Xitoy KXDR bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash, tadbirkorlik hamkorligini chuqurlashtirish va Xitoy-Shimoliy Koreya munosabatlarini rivojlantirish uchun ishlashga tayyor”, — deyiladi maktubda.
Si Szinpin XXR va KXDR o’rtasidagi do’stlik “ikki xalqning qalbidan chuqur ildiz otganini” hamda “Bosh kotib va Koreya Mehnat partiyasi” rahnamoligida qardosh xalq Shimoliy Koreya sotsializm rivojlanishida yangi cho’qqilarni zabt etishini ta’kidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22806 | Инструменты