Huawei 1
Superbakteriyalar 2050 yilga kelib 39 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo'ladi

Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keyingi 25 yil ichida 39 milliondan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Xalqaro olimlar jamoasining Lancet tibbiyot jurnalida tegishli maqolasi chop etildi.

“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilga kelib dunyo bo‘ylab har yili mikrobga qarshi dorilarga chidamlilik tufayli 1,91 million o‘lim, mazkur dorilar bilan aloqador 8,22 million o‘lim qayd etiladi. Umuman olganda, bizning ssenariyimiz 2025-yildan 2050-yilgacha antimikrob dorilarga chidamlilik tufayli 39,1 million o‘limni va unga aloqador 169 million o‘limni prognoz qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Olimlar Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Okeaniya va Sahara janubidagi Afrikada o‘limlar sonining ko‘payishini prognoz qilmoqda.

Antibiotiklar ta’sir qilmaydigan bakterial patogenlar rezistent yoki superbakteriyalar deb ataladi. JSST statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ular bilan bog‘liq infeksiyalar dunyoda o‘lim sabablari orasida yurak xastaliklari va insultdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. 2019-yilda ulardan 4,95 million kishi halok bo‘lgan. Metitsillin va boshqa antibiotiklarga chidamli oltin rangli stafilokokk (Staphylococcus aureus) ko‘proq xavotir uyg‘otadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91910 | Инструменты