Suriya Ichki ishlar vazirligi xodimlari Tartus provinsiyasida pistirmaga uchragan, buning oqibatida 14 nafar xavfsizlik kuchlari halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Muhammad Abdel Rahmon SANA agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Tartus yaqinidagi hududlardan birida tartibni saqlash boʻyicha operatsiya oʻtkazilayotganda huquq-tartibot idoralari xodimlari qurolli elementlar tomonidan pistirmaga uchradi. Natijada 14 nafar xavfsizlik kuchlari halok bo‘ldi, 10 nafari yaralandi”, — dedi Rahmon.
Avvalroq, Suriyadagi “Suriya demokratik kuchlari” deb nomlanuvchi kurdlar boshchiligidagi jangarilar Turkiya-Suriya chegarasi shimolidagi hududlarni qaytarib olish uchun Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya milliy armiyasiga (SANA) qarshi qarshi hujum boshladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты